Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati Ukrainalik shpionni qo‘lga oldi

© SOS FSB RF / Mediabankka o‘tishFXX Ukrainalik shpion Roman Sushenkoni qo‘lga oldi
FXX Ukrainalik shpion Roman Sushenkoni qo‘lga oldi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya FXX jurnalist niqobi ostida ishlayotgan Ukraina razvedkasi polkovnigini qo‘lga olganini xabar qildi.

TOShKENT, 3 okt — Sputnik. FXX xodimlari Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi xodimi Roman Sushenkoni  qo‘lga olganini xabar qildi. Sushenko Rossiya Qurolli kuchlari va Milliy gvardiyasi haqida maxfiy ma’lumotlar to‘plash bilan shug‘ullangan ekan.   

“Federal xavfsizlik xizmati Moskvada, Ukraina Mudofaa vazirlini Razvedka bosh boshqarmasi xodimi polkovnik Sushenko Roman Vladimirovichni, shpionlik amaliyoti o‘tkazayotgan vaqta qo‘lga olindi”, — deb xabar qildi Rossiya FXX.

Muassasa xabariga ko‘ra, Ukraina fuqarosi ataylab Rossiya Qurolli kuchlari va Milliy gvardiyasi haqida davlat siri bo‘lgan ma’lumotlar to‘plash bilan shug‘ullangan. Ushbu ma’lumotlarning chet davlatlarga yetib borishi – mamlakat xavfsizligiga zarar yetkizishi mumkin edi. 

© SOS FSB RF / Mediabankka o‘tishSushenkoning qo‘lga olinishi
FSB zaderjala grajdanina Ukraini Romana Sushenko po podozreniyu v shpionaje - Sputnik O‘zbekiston
Sushenkoning qo‘lga olinishi

Jinoyat kodeksining “Shpionlik” bandiga ko‘ra jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.

Sushenko qo‘lga olish vaqtida o‘zini “Ukrinform” axborot agentligining jurnalisti deb tanishtirgan. Ayni damda Ukraina fuqarosi “Lefortovo” qamoqxonasiga joylashtirilgan.

Rossiyada davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni chet el vakillariga xabar qilish jinoyat kodeksining 275 va  276 moddalariga binoan jazolanadi. 275 modda bu Rossiya fuqarolariga nisbata qo‘llaniladi. Xoinlik va davlat sirini bo‘lgan ma’lumotlarni chet el vakillariga berish 12-yildan 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Davlat siri haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, ularni sotib olish bilan shug‘ullangan chet el fuqarolari esa JKning 276  bandiga binoan 10-yildan 20-yilgacha qamoq jazosiga mahkum qilinishlari mumkin.   

Oxirgi ikki yil davomida Rossiya hududida Ukraina razvedkasining faolligi kuzatilmoqda. Bunga Rossiya hududida Ukraina foydasiga ishlayotgan bir necha shpionlarning qo‘lga olinishi dalil  bo‘lishi mumkin.

2015 yilning dekabrida qo‘lga olingan Ukraina fuqarosi Valentin Vagovskiy internet orqali Rossiya Mudofaa majmuasida ishlaydigan xodimlardan pul evaziga ma’lumot sotib olmoqchi bo‘lgan.

Shuningdek, o‘tgan yilning dekabrida qo‘lga olingan Rossiya fuqarosi Vladislav Nikolskiylar ham Ukraina foydasiga ishlagan. Nikolskiy davlat siri bo‘lgan “Zubr” harbiy desant korabli chizmalarini Ukrainaga bergan. Undan tashqari harbiy kemalar klassifikatsiyasi haqida ma’lumotlar bo‘lgan katalogni ham Ukraina razvedkasiga yetkizib bergan.  

O‘tgan yilning oktabrida esa, Rossiya fuqarosi Viktor Shur Branskda joylashgan Mudofaa vazirliga majmuasi hadagi ma’lumot to‘plab Ukraina tomonga yetkizib bermoqchi bo‘lganda qo‘lga olingan. 

Rossiya hududida shpionlar faolligi bo‘yicha Boltiqbo‘yi mamlakatlari Ukrainadan keyin ikkinchi o‘rinda. Har yili Litva, Latviya va Estonya foydasiga ishlayotgan shpionlar ustidan bir necha sud hukmlari o‘qiladi.

Yangiliklar lentasi
0