Integratsiya va rivojlanish O‘rta Osiyoni xavfdan saqlab qoladi – Mariya Zaxarova

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishMariya Zaxarova - TIV rasmiy vakili
Mariya Zaxarova - TIV rasmiy vakili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV vakili O‘rta Osiyo bilan chegaralarni yopish – to‘g‘ri qaror emas, integratsiyani va rivojlanish esa, ushbu hududdan terrorchilik va ekstremizm xavfini uzoqlashtiradi, dedi.

TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Afg‘onistondan kelayotgan xavf tufayli O‘rta Osiyo bilan chegaralarni yopish – to‘g‘ri qaror emas, integratsiyani rivojlantirish esa ushbu hududdan terrorchilik va ekstremizm xavfini uzoqlashtiradi dedi Rossiya TIVi rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

Mariya Zaxarova "Pravo znat!" teleko‘rsatuvida ishtirok etib, jurnalistning O‘rta Osiyo tomonidan tarqalayotgan xavf tufayli, Rossiya uchun ushbu hudud bilan munosabablarini to‘xtatib chegaralarni yopish vaqti kelmadimikin, degan savoliga qo‘yidagidek javob berdi. 

“Mening fikrimcha, chegaralarni yopish – bu muammoni hal qilmaydi, lekin nazorat – albatta bo‘lishi kerak. Qattiqqo‘l migratsiya siyosati kerakligi ham o‘z-o‘zidan ma’lum. O‘z manfaatlarini tushunish va ularga erishish – bu, albatta, ustuvor tushunchalar, lekin shu bilan bir qatorda, integratsiyani rivojlantirish – ushbu mamlakatlarga iqtisodiy rivojlanish o‘rniga, odamlar ongini, ayniqsa kam ta’minlangan odamlar xayolini, osonlik bilan egallab olishi mumkin bo‘lgan ekstremizm, terrorchilik, narkotik va boshqa narsalar egallab olishini — oldini oladi”, —dedi diplomat.

“Ushbu mamlakatlar rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, Afg‘oniston tomonidan O‘rta Osiyo hududiga solinayotgan xavflarni bartaraf qilishda – bizniing imkoniyatlarimiz shunchalik ko‘p bo‘ladi. Afsuski, Afg‘onistonda Vashington boshqaruvi ostidagi kuchlar paydo bo‘lganidan buyon, ushbu xavf o‘n barobar kuchaydi desak adashmaymiz”, — dedi Mariya Zaxarova so‘zining oxirida.

Yangiliklar lentasi
0