O‘zbekistonda shisha paxta ishlab chiqarila boshladi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishIssiqlikni saqlovchi materiallarni joylashtirish
Issiqlikni saqlovchi materiallarni joylashtirish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzaxda 10 ming tonna shisha paxta mahsuloti ishlab chiqarishga mo‘ljallangan, yangi qo‘shma korxonada ishga tushdi.

TOShKENT, 2 okt — Sputnik. "Jizzax" maxsus industrial zonasida, issiqlikni saqlaydigan shisha paxta (steklovata) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, yangi korxona ishga tushdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

"Ekoklimat" korxonasining umumiy qiymati 7 mln dollarni tashkil qildi. Undan 3,6 mln $ Xitoylik sarmoyadorlari tomonidan kiritilgan.

Bu yerda har yili 10 ming tonna tayor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan, 100 kishi i bilan ta’minlangan.

"Korxona shisha paxtani list va rulon ko‘rinishida ishlab chiqaradi. Ushbu qurilish materialiga bugungi kunda talab katta", — dedi korxona vakili.

Korxonada dunyoning yetakchi korxonalari uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, u yerda ishlab chiqarilgan mahsulot — narxi arzonroq bo‘lsada, sifati — import qilingan mahsulotlardan qolishmaydi.

Korxona mahsuloti asosan qo‘shni respublikalar hududida sotishga mo‘ljallangan bo‘lsada, O‘zbekiston ichki bozorida ham bunday mahsulotga talab katta.

Yangiliklar lentasi
0