TOShKENT, 2 okt — Sputnik. “Ekologik turizm – tabiatni muhofaza qilishni rivojlantirishning muhim omili: O‘zbekiston va chet mamlakatlar tajribasi” mavzudagi Xalqaro anjuman Toshkentda 5-6 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda “Jahon” axborot agentligi.
Anjumanda bir qator xalqaro tashkilotlar, jumladan BMT Umumjahon turistiik tashkiloti (UNWTO), BMT Tabiatni muhofaza qilish tashkiloti (UNEP), Yevropa Iqtisodiy komissiyasi (UNECE), Xalqaro ekoturizm jamiyatlari ham ishtirok etishadi.
Undan tashqari anjumanda xalqaro moliya tashkilotlari, diplomatik korpus vakillari hamda akkreditatsiya qilingan xalqaro va regoinal tashkilot vakillari qatnashishi va Oliy Majlis vakillari qatnashishi kutimoqda.
Anjuman “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi hamda O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil qilingan. Anjuman tashkillashtirishda shuningdek YeHXTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori va sohaga aloqador boshqa muassasalar ishtirokida bo‘lib o‘tmoqda.
Anjuman qatnashchilari O‘zbekistonda ekologik turizm rivojlanishing istiqbolli yo‘nalishlarini, ularni rivojlantirish uslublarini, chet el tajribasidan kelib chiqqan holda muhokama qilishadi.