TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Toshkent hokimiyati Mustaqilllik shoh ko‘chasi bilan kesishgan bir necha ko‘chalarda avtomobil harakatini qayta tiklamoqda, deb xabar qilmoqda "Novosti Uzbekistana" nashri.
Ayni damda, Hamid Olimjon maydoni yaqinidagi Mustaqillik va Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasidagi yo‘l o‘tkazgich oldida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Texnika oldin berkitilgan ulash yo‘lini tozalamoqda. U ishga tushganidan keyin Shahrisabz ko‘chasidan Oloy bozori tomon yurayotgan avtomobillarning bir qismini o‘tkazish imkonini beradi.
Undan tashqari, yaqin orada Davlat Statistika qo‘mitasi oldidagi Mustaqillik va 7-Sayram tor ko‘chasi chorrahasi ochilishi ham kutilmoqda.
Xudi shunday ishlar Mustaqillik ko‘chasining Oqqo‘rg‘on qo‘chasi bilan kesishgan joyida ham olib borilmoqda. Bugun Oybek va Fidokor ko‘chalari chorrahasidagi piyodalar o‘tish joyini qayta tiklash ishlari ham boshlandi.
Ushbu chorrahalarning barchasi o‘tgan yili yozda berkitilib, aholi uchun katta noqulayliklar tug‘dirayotgan edi. Yo‘l xizmachilari aytishiga qaraganda yaqin orada Mustaqilllik shoh ko‘chasi bilan kesishgan boshqa yo‘llar ham ochilish ehtimoli bor.