Rossiya mini-futbol jamoasi JChda kumush medal oldi

© Rossiyskiy futbolniy soyuz / Mediabankka o‘tishMini-futbol, final, Rossiya - Argentina
Mini-futbol, final, Rossiya - Argentina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hal qiluvchi o‘yinda Argentina jamoasi 5:4 hisobida ustun keldi. Rossiya jamoasi o‘z tarixida birinchi bor kumush medal sovrindori bo‘ldi.

TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan Mini-futbol bo‘yicha Jahon chempionatida Rossiya terma jamoasi kumush medal sovrindori bo‘ldi, deb xabar qilmoqda R-Sport.

Bu Rossiya jamoasi uchun birinchi final bahsi bo‘ldi. Hal qiluvchi o‘yinda Argentina jamoasi 5:4 hisobida ustun keldi. Rossiya jamoasi o‘z tarixida birinchi bor kumush medal sovrindori bo‘ldi. Bundan oldin, mini-futbol jamoasining eng yuqori natijasi – 1996-yilda olgan bronza medali edi.

Sohaning ayrim mutaxassislar fikriga ko‘ra, o‘yin Rossiya g‘alabasi bilan tugashi mumkin edi, jamoaning umumiy jismoniy va taktik tayorgarligi Argentina bilan teng darajada edi, lekin strategik tomonidan raqib yaxshiroq tayorgarlik ko‘rgani uchun u g‘alabaga erishdi.

Shunday bo‘lsada, barcha ushbu g‘alabani jamoa tomonidan erishilgan ulkan natija deb baholamoqda. Bunda, albatta, jamoa rahbari Sergey Skorovichning o‘rni juda muhim. Shuningdek, final o‘yinida xet-trik uyushtirgan eng yorqish o‘yinchi Eder Lima hamda yana bir gol urgan Dmitriy Liskovlar ham ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi.

Yangiliklar lentasi
0