AQShda ikki go‘dak o‘ydan pistolet topib oldi...

Obuna bo‘lish
Bir yoshli va uch yoshli bolakaylar o‘z uylarida pistolet topib olgan,ulrdan biri bilmagan holda ikkinchisiga o‘q uzgan. Bir yoshli bolakay boshiga tekkan o‘qdan qurbon bo‘lgan.

TOShKENT, 2 okt — Sputnik. AQShning Jorjiya shtatining Makdono shahrida bir yoshli go‘dak boshiga tekkan o‘qdat vafot etdi, deb xabar qilmoqda Henry Herald telekanali politsiya xabari asosida.

Telekanal xabariga ko‘ra, shanba kechqurun bir yoshli va uch yoshli bolakaylar o‘z uylarida, oilaning katta a’zolaridan biriga tegishli bo‘lgan pistolet topib olgan. Ulrdan biri, bilmagan holda ikkinchisiga o‘q uzganligi taxmin qilinmoqda.

“Hozircha tekshirish olib borilmoqda, biz buni tasodifan yoki o‘ziga-o‘zi tomonidan otilgan o‘q bo‘lganligini tekshirmoqdamiz”, — dedi mahalliy politsiya vakili Mayk Irland.

Uning so‘zlariga qaraganda, fojea vaqtida uyda bo‘lgan katta yoshdagilar voqea qanday bo‘lganini ko‘rmagan. O‘q ovozi eshitilganidan keyin ular politsiya chaqirishgan.

Yangiliklar lentasi
0