Britaniya Afg‘onstonga 970 mln $ yordam puli ajratadi

© AFP 2023 / Shah MaraiArg‘imchoq uchayotgan afg‘on bolalari
Arg‘imchoq uchayotgan afg‘on bolalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu mablag‘ sog‘liqni saqlash, ta’lim va himoya, aholini mamlakat ichida harakatlanishini yo‘lga qo‘yish hamda yashash hududlarini minalardan tozalash uchun ishlatiladi.

TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Buyuk Britaniya xalqaro rivojlanish vaziri Priti Patel aytishiga qaraganda, mamlakat Afg‘onistonda vaziyatni barqaror  qilish uchun 2017-2020 yillarda 750 mln funt (970 mln $) yordam puli ajratadi.

“Oxirgi o‘n yillik davomida Britaniyaning Afg‘onistonda bo‘lgani, ushbu mamlakatda xavfsizlikni oshirishga yordam berdi va mamlakatni qaytadan, Britaniya ko‘chalariga tahdid qilishi mumkin bo‘lgan terrorchilar bazasiga  aylanishini oldini oldi. Biz afg‘onlar hayotini jiddiy o‘zgartirdik – milliondar ortiq bolalar maktablarda o‘qimoqda, sog‘liqni saqlash yaxshilanmoqda, mamlakat rivojlanmoqda. Lekin ulkan tahdidlar haligacha bor – ayniqsa “Tolibon” tomonidan tarqatilayotgan xavflar”, — dedi Pattl Independent nashriga.

“Shuning uchun ham Britaniya 2017-2020 yillarda davlat budjetidan Afg‘onistonda yanadar barqaror hayot yaratish, aholi turmush sharoitlarini, ayniqsa ayollar va qizlar hayotini yaxshilash uchun — 750 million funt sterling ajratadi”,  — dedi mansabdor ayol.

Patel aytishiga ko‘ra, ushbu mablag‘ sog‘liqni saqlash, ta’lim va himoya, aholini mamlakat ichida harakatlanishini yo‘lga qo‘yish hamda yashash hududlarini minalardan tozalash uchun ishlatiladi.

Yangiliklar lentasi
0