TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Isroil respublikasi sobiq prezidenti Shimon Peresning dafn marosimidan qaytayotgan Barak Obama Amerikaning sobiq prezidenti Bill Klitonni samolyotga chiqarish uchun uni qayta-qayta chaqirishga majbur bo‘ldi.
"Bill, ketdik!", — deb baqirdi samolyot bortiga chiqishga ulgurgan Obama.
Bu da’vat ish bermagach, AQSh prezidenti trap tomon chiqdi va u yerdan yana bir karra "Ketdik! Men uyga borishim kerak", — deya takrorladi baland ovozda.
Klinton shundan keyingina bortga chiqdi va Obamaning qo‘lini siqdi hamda ikkalasi salon tomon odimladilar.
Eslatib o‘tamiz, Nobel mukofoti sovrindori Shimon Peres chorshanbaga o‘tar kechasi 93 yoshida, ikki hafta oldin boshidan o‘tkazgan insult oqibatida Tel-Avivda vafot etgan edi.