TOShKENT, 1 okt — Sputnik. 2016-yil 30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining favqulodda va muxtor elchisi i qabul qildi, deb xabar qiladi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
Suhbat chog‘ida BMT Bosh Assambleyasining Nyu York shahrida bo‘lib o‘tgan 71-sessiyasi ishida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining ishtiroki doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-AQSh uchrashuvlarining yakunlari hamda ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan fikr almashilgan.