Ashxobodda o‘zbek kinosi kunlari bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishAshxobod shahri
Ashxobod shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbek kinosi kunlari dasturi kinorejissor Qamara Kamolovaning “Unutma meni” badiiy filmi bilan ochildi

TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Mazkur tadbir O‘zbekiston va Turkmaniston hukumatlari o‘rtasida 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik dasturiga asosan “O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchixonasi hamda “Turkmanfilm” birlashmasi hamkorligida tashkil etildi, deb xabar beradi “Jahon” axborot agentligi.

Tadbir chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi mustahkam hamkorlik, ikki qardosh xalqning do‘stligi, kino san’atidagi aloqalari haqida ta’kidlab o‘tildi.

O‘zbek kinosi kunlari dasturi kinorejissor Qamara Kamolovaning “Unutma meni” badiiy filmi bilan ochildi. Ushbu film davlat buyurtmasiga asosan 2012-yilda “Shod” ijodiy uyushmasida ishlab chiqarilgan bo‘lib, unda endigina dunyoni anglab kelayotgan jajji bolalarning hayoti va ichki dunyosi haqida hikoya qilinadi.

Tadbir doirasida o‘zbekistonlik kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan «Xazonrezgi», «Zarb», «Parizod», «Sehrli qalpoqcha», «Ota», «Hayotda…» kabi badiiy filmlar namoyish etildi.

Ushbu filmlarda O‘zbekistonning zamonaviy kino san’atining boy an’analari, o‘zbek va jahon kinematografiyasining ilg‘or uslublari, o‘zbek xalqining boy ma’naviyati aks etgan. Mazkur filmlar turkmanistonlik kino ixlosmandlariga o‘zbek xalqining turmush tarzi, mentaliteti, urf-odat va an’analari, bugungi hayoti bilan tanishish imkonini berdi.

O‘zbek kinosi kunlari mobaynida “Turkmanfilm” birlashmasi faoliyati bilan tanishuv, ikki mamlakat kinematografchilari ishtirokida ijodiy uchrashuv, filmlar muhokamalari kabi qator tadbirlar o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0