Toshkentda mushuklar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Obuna bo‘lish
9 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmada O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistondan professional mushukboqarlar va mushuksevarlar ishtirok etadilar.

TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Toshkentdagi Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Osenniy Koshkent 2016” (Kuzgi Mushukkent 2016) deb nomlangan mushuklar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda afisha.uz.

9 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmada O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistondan professional mushukboqarlar va mushuksevarlar ishtirok etadilar. Ko‘rgazma doirasida zotdor va uy mushuklari o‘rtasida turli musobaqalar va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ko‘rgazma "Farus" mushuksevarlar assotsiatsiyasi va "Caravan cats" felinologiya jamiyati tomonidan tashkil etilmoqda. Unga Rossiya va qozog‘istonlik ekspertlar taklif etilishgan.

Yangiliklar lentasi
0