1 oktabr uchun ob-havo ma’lumotlari

© Sputnik / Aleksey Bushkin / Mediabankka o‘tishChaqmoq
Chaqmoq - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 1-oktabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 1-oktabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 11-13, kunduzi 22-24 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25  daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.    

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 17-22 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Havo harorati kechasi va kunduzi 8-13 daraja issiq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0