Toshkentda 1-oktabrdan yangi turdagi oylik yo‘l chiptalari joriy etiladi

© WikipediaToshkent metropoliteni
Toshkent metropoliteni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi turdagi oylik yo‘l chiptalari 29-sentabrdan sotuvga chiqarildi

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Toshkent shahar yo‘lovchi tashish transportida aholiga va shahar mehmonlariga qulaylik yaratish hamda transport xarajatlarini iqtisod qilish, yer usti va yer osti jamoat transportlarini uzviy bog‘lash maqsadida 2016-yil 1-oktabrdan yangi oylik yo‘l chiptalari joriy etiladi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ saytida xabar berilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, hozirda amalda bo‘lgan oylik yo‘l chiptalari:

— N (nafaqador va nogironlar uchun – avtobus) — 60 000 so‘m
— T (talabalar uchun – avtobus) — 60 000 so‘m
— O’ (o‘quvchilar uchun – avtobus) — 60 000 so‘m
— AV (umumiy aholi uchun – avtobus) — 120 000 so‘m

seriyalariga qo‘shimcha ravishda avtobuslar va metroda foydalanish uchun:

— NM (nafaqador va nogironlar uchun – avtobus va metro) — 83 000 so‘m
— TM (talabalar uchun – avtobus va metro) — 83 000 so‘m
— O’M (o‘quvchilar uchun – avtobus va metro) — 83 000 so‘m
— AVM (umumiy aholi uchun – avtobus) — 166 000 so‘m

oylik yo‘l chiptalari joriy etildi.

Yangi turdagi oylik yo‘l chiptalari 29-sentabrdan sotuvga chiqarildi.

Yangiliklar lentasi
0