O‘zbekistonda internet orqali qaysi smartfonlar eng ko‘p sotiladi

© Collage SputnikSmartfon Android One
Smartfon Android One - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yil sentabrda chiqarilgan iPhone 7 modelini ham onlayn topish oson, biroq bunday takliflarga nisbatan ogoh bo‘lish talab etiladi

TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Har yili yirik brendlar smartfonlarning yangi modellarini bozorga chiqaradilar. Biroq, mashhur markalarning yangi mahsulotlarini muntazam sotib olish – tejamkorlik qarori hisoblanmaydi. Vaqt-vaqti bilan internet orqali boshqa foydalanuvchilarning yangi modellarini ham sotib olish ancha foydalidir.

OLX xususiy e’lonlar xizmatining tahlilchilari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung, Apple va Nokia sotilishi haqidagi takliflar ko‘proq chop etilar ekan. "Olmali" gadjetlarning bahosi o‘rtacha 500 ming so‘mdan boshlanadi, Android va Windows Phone smartfonlari narxi esa ancha arzon – 150- 200 ming so‘m atrofida bo‘ladi.

O‘zbekistonda OLX servisida "Elektronika" bo‘limida internet-foydalanuvchilar 4,5 mingdan ziyod mobil (uyali) telefonlarni taklif qilmoqdalar. Mamlakatning barcha avval foydalanishda bo‘lgan telefonlarining taxminan 85 foizi sotiladigan Toshkent shahri va viloyatida yashovchilar smartfon xarid qilishdan avval uni shaxsan ko‘rib chiqishlari juda qulaydir. Shunday bo‘lsa-da, boshqa viloyatdagilarning ham xarid qilishlarida qiyinchilik yuzaga kelmaydi – oddiygina pochta orqali yetkazib berish xizmatidan foydalanish mumkin.

Internet-foydalanuvchilar va xaridorlar o‘rtasida eng mashhur brend – koreys Samsungi (OLXdagi faol e’lonlarning 33 foizi). Uning ortidan savdoning yana bir peshqadami – Apple (dolzarb e’lonlarning 20 foizi). Nokia, LG, HTC va Sony kabi brendlar ham diqqat markazidan chetda qolayotgani yo‘q. Jahon do‘konlarining peshtaxtalarini jadal ishg‘ol etayotgan bozor yangiligi bo‘lmish – xitoyning Huawei va Meizu markalari hozircha unchalar ommalashgani yo‘q. Mobil telefonlar sotilishi haqidagi e’lonlarning chamasi 90 foizi Boshqa marka ruknida taqdim etilgan.

Galaxy liniyasidagi Samsung smartfonlarining bahosi onlayn-foydalanuvchilarda 150–200 ming so‘mdan boshlanadi. Misol uchun, Samsung Galaxy Young modeli 170 ming so‘mga taklif qilinmoqda.

Aynan shu seriyadagi A3 modeli taxminan 663 ming so‘m (220 dollar) ga sotilmoqda. Nisbatan qimmatlari – a’lo sifatli kamera va dizaynga ega eng yangi Samsung Galaxy S7/S7 Edge flagmanlari.

© OLXMobil telefon sotish haqidagi e’lon
Mobil telefon sotish haqidagi e’lon - Sputnik O‘zbekiston
Mobil telefon sotish haqidagi e’lon

Apple kompaniyasining internetning o‘zbek bo‘g‘inida sotish va almashtirish bo‘yicha takliflari yetarli darajada bo‘lgan smartfonlari eng qimmat sotilmoqda. Poytaxtda, misol uchun, "deyarli ideal" smartfon, 6S Plus modelini 650 dollar (taxminan 2 mln. so‘m)ga taklif qilmoqdalar. 

"Olmali" gadjetlarning eskirgan modellarini arzonroqqa sotishmoqda: 4S modeli 500 ming so‘m, yaxshi holatdagi iPhone 5 va iPhone 5S ni esa taxminan 750 ming so‘m (250 dollar)ga topish mumkin.

2016 yil sentabrda chiqarilgan iPhone 7 modelini ham onlayn topish oson, biroq bunday takliflarga nisbatan ogoh bo‘lish talab etiladi. Olibsotarlardagi narxlar budjetga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin, shuningdek, original bo‘lmagan smartfonlar ham uchrab turadi.

Yirik brendlardan tashqari foydalanuvchilar unchalar mashhur bo‘lmagan modellar bo‘yicha ham savdo qiladilar. Masalan, katta ekranli smartfonlarning sifati bo‘yicha qadrlanadigan mashhur LG ishlab chiqaruvchisining modellari bo‘yicha ham yaxshi takliflar bor. "A’lo holatdagi" G2 modelini 100 dollar (taxminan 300 ming so‘m)ga ham berishga tayyordirlar.

Eng zamonaviy va rusumdagi gadjetlar ortidan quvish budjetga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qulay va quvvatli qurilmaga hech bir qiyinchiliksiz va ortiqcha xarajatlarsiz ega bo‘lish mumkin: internetda avval foydalanilgan yaxshi smartfonni sotib olish imkoniyatlari yetarli.

Yangiliklar lentasi
0