Saudiya Arabistoni 27 nasroniyni deport qildi

Obuna bo‘lish
Nasroniylar soni 3% bo‘lgan Saudiya Arabistonida cherkovlar qurilishi mutlaq ta’qiqlangan.

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Saudiya Arabistoni Livanlik 27 nafar nasroniy-maronitlarni deport qildi, Ossuriyaning AINA agentligi xabariga ko‘ra. Ular Bibi Maryam vafoti kuni o‘z uylarida ibodat qilayotgan vaqtlarida qo‘lga olingan.

Saudiya Arabistoni nasroniylarni deportatsiya qilish sababi deb “noislomiy ibodat qilish” va Yevangelie kitobini saqlashni aytishmoqda. Mamlakat diniy politsiyasi El-Xafaji shahrining Aziziya tumanida o‘tkazgan reydi paytida 27 kishi hibsga olingan. Ular orasida bolalar ham bo‘lgan. Nasroniylar, o‘z navbatida, Qur’onda ham Bibi Maryam izzatlanganini, ularning ibodati hech kimni xafa qilmasligini aytishgan.

2006 yilda Saudiya Arabistoni hukumati musulmon bo‘lmagan millat vakillariga o‘z uylarida ibodat qilishiga xalal bermaslikni va’da bergan edi. Open Door International xalqaro tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, hukumat islom qoidalariga nasroniylarni ham majbur qilishmoqchi bo‘lishmoqda. Xususan, qamoqqa olish po‘pisasi bilan,  erkaklar va ayollarni alohida xonalarda ibodat qilishga majburlashmoqda. 

AINA xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistonida istiqomat qilayotgan nasroniylar soni 3% ni tashkil qiladi. Saudiya Arabistonida cherkov qurilishi mutlaq ta’qiqlangan.

Yangiliklar lentasi
0