O‘zbekistonda yuzdan ortiq o‘qituvchilar Moskvalik murabbiylar yordamida malaka oshirdi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishRus tili darsi
Rus tili darsi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Leksiyalar, videoleksiyalar, amaliyotlar, doira stollari rus tili darslarini qanday qilib yanada qiziqroq qilishga bag‘ishlangan.

TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Rus tilida dars beradigan 100 dan ortiq O‘zbekistonlik o‘qituvchilar uchun Moskva Pedagogika Davlat universiteti (MPGU) o‘qituvchilari tomonidan master-klasslar o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi bo‘limi.

Master-klasslar rus tilida zamonaviy metodikalarga ko‘ra qo‘shimcha professional ta’lim olish dasturi doirasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu malaka oshirish dasturi umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflari rus tili va adabiyoti, matematika va jug‘rofiya o‘qituvchilariga mo‘ljallangan.

“Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan, Samarqand, Nukus, Namangan, Andijon va Farg‘onadan   100dar ortiq o‘qituvchilar 26-29 sentabr kunlari Toshkentdagi Rossiya Fan va Madaniyat markazida MPGU o‘qituvchilari tomonidan tashkil qilingan kurslarda qatnashishdi”, — deyilgan Rossotrudnichestvo xabarida.

Rossotrudnichestvo rahbari o‘rinbosari Dmitriy Gujelya aytishiga qaraganda “Rossiya ta’lim standartlarini eksport qilish, hech qanday siyosat yoki targ‘ibotsiz, O‘zbekistonda rus tilida bolalarga tushunarli bo‘lgan ijodiy formatda ta’lim olish imkoni berish”.

“Leksiyalar, videoleksiyalar, amaliyotlar, doira stollari rus tili darslarini qanday qilib yanada qiziqroq qilishga bag‘ishlangan. Darslarning katta qismi elektron manbaalar bilan ishlashga bag‘ishlangan”, — dedi MPGU gumanitar hamkorlik rahbari Yekaterina Yegorova RIA Novosti muxbiriga.

Rossotrudnichestvo Federal agentligi 2008-yilning sentabr oyida tashkil qilingan bo‘lib uning asosiy vazifasi  xalqaro munosabatlarni mustahkamlash va chet ellarda Rossiya ijobiy siymosini yaratish.       

Yangiliklar lentasi
0