TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Surxondaryo viloyatida besh tuman hokimi o‘z lavozimidan bo‘shatildi, deb xabar qilmoqda mahalliy aholi vakillari.
Kadrlar o‘zgarishi 24-sentabr kuni, viloyatga prezident Davlat maslahatchisi Davron Nazarmuxammedov tashrifidan keyin yuz berdi. Yangi hokimlar tayinlangani haqida rasman e’lon qilinmagan.
Viloyat hokimiyati rasmiy saytida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, Qizirq tumaniga — Baxtiyor Ibodov, Muzrobod tumaniga — Ulug‘bek Qosimov, Oltinsoy tumaniga — Erkin Boyniyozov, Sariosiyo tumaniga — Asqarali Jurayev, Sherobod tumaniga esa Abdulxakim Eshmurodov hokim etib tayinlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq hokimlar samarasiz faoliyat tufayli o‘z lavozimidan bo‘shatilgan.