TOShKENT, 28 sen – Sputnik. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning ma’lum qilishicha, shu yilning 30-sentabridan 30-oktabriga qadar Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida tezurar poyezdning harakati yo‘lga qo‘yiladi.
4/3-sonli tezurar poyezd juma, shanba va yakshanba kunlari harakatlanadi.
Ma’lumotga ko‘ra, poyezd soat 8.25da Toshkentdan jo‘naydi va Samarqandga 11.10da yetib keladi. Samarqanddan esa 18.47da yo‘lga chiqib, 21.34da Toshkentga keladi.
Ilgariroq “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Toshkent-Qarshi-Toshkent” yo‘nalishida qatnovchi “Nasaf” tezurar poyezdi va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdining sentabr-noyabr oylaridagi qator reyslari bekor qilinganini ma’lum qilgandi.