MDH Huquqni saqlash qo‘mitasi 15ta xalqaro jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishBojxona xodimi avtobusni ko‘zdan kechirmoqda
Bojxona xodimi avtobusni ko‘zdan kechirmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Armaniston, Ozarbayjon, Belorussiya, Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston bojxonalari huquqni saqlash bo‘limlari vakillari Gulistonda kengash o‘tkazishdi.

TOShKENT, 28 sen – Sputnik. MDH davlatlari bojxona xizmatlari rahbarlari kontrabandaga qarshi birgalikda kurash yakunlarini Gulistonda bo‘lib o‘tgan majlisda e’lon qilishdi, deb xabar qilmoqda Tojikiston Bojxona xizmati matbuot kotibi.

Majlisda Armaniston, Ozarbayjon, Belorussiya, Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston bojxona xizmatlarining huquqni saqlash bo‘limlari xodimlari hamda MDH Antiterror markazi vakili ishtirok etdi.

Tadbir qatnashchilari MDH Huquqni saqlash qo‘mitasi va Hududiy aloqa markazi  2016 yilgi faoliyatining qkunlarini muhokama qilishdi.

“Qo‘mita tashkil qilgan hamkorlik natijasida 15 ta xalqaro jinoiy guruh faoliyati to‘xtatildi. Bir necha narkotik tashish kanallari berkitildi. Ikki  tonnadan ortiq narkotik va psixotrop moddalar musodara qilindi hamda yuzdan ortiq kishi jinoiy javobgarlikka tortildi”, — dedi Rossiya Bojxona xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Ruslan Davidov.  

Uchrashuv qatnashchilari bojxona sohasida qonunbuzarlik amalga oshirgan fuqarolar haqida ma’lumot olishning ochiq kanali tashkil hamda huquq muhofazasi sohasida kecha-kunduz uzuluksiz ravishda ishlaydigan Aloqa markazlari tashkil qilishga kelishib olishdi

Kelishuvlar natijasida chegaralararo internet savdosi, narkotik va psixotrop moddalarning noqonuniy oborotiga qarshi kurash yo‘nalishlari haqida kelishib olindi.

Uchrashuvda MDH Huquqni saqlash qo‘mitasining xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligiga alohida e’tibor berildi. Qatnashchilar millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash uchun huquqbuzarlik haqidagi ma’lumotlar bilan almashishga tayor ekanliklarini namoyish qildilar. Qo‘mitaning 15 majlisi 2017-yilning birinchi yarmida Armanistonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirildi.

Yangiliklar lentasi
0