TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Ushbu yilning 2-noyabrida Toshkentda MobiCon 2016 birinchi xalqaro mobil konferensiya bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda "Novosti Uzbekistana" sahifasi.
Toshkentning eng hashamdor mehmonxonalaridan biri International Hotel Tashkent (sobiq Intercontinental) da bo‘lib o‘tadigan anjuman mobil aloqa texnologiyalariga bag‘ishlangan bo‘ladi.
MobiConda e’lon qilingan mavzular orasida smartfonlar va portativ moslamalar, virtual voqelik, mobil texnologiyalar va telekom, trendlar, mobil marketing va reklama, reklama monitoringi va bozorni o‘lchash, mahalliy mobil xizmatlar, messenjer va chatbotlar, mobil kontent va OAV, mobil kommersiya mavzulari bor.
Anjumanning uchinchi bo‘limida, Eurasia Mobile Challenge 2016 — xalqaro innovatsiyalar konkursi bo‘lib o‘tadi. Unda mobil dasturlar ishlab chiqaruvchilari o‘z loyihalarini taqdim etishadi. Uch nafar eng yaxshi dasturchilar musobaqaning keyingi bosqichiga o‘tishadi.
Hozircha qatnashchilarni ro‘yxatga olish jarayoni davom etmoqda. 15-oktabrgacha Beeline Uzbekistan mobil operatori qatnashchilardan arizalar qabul qiladi.
Toshkentda g‘olib bo‘lgan uch jamoa Osiyo musobaqasiga yo‘llanma olishadi. U yerda ham aniqlangan g‘oliblar esa 2017-yilgi Barselona umumjahon mobil kongressiga yo‘l olishadi.