Peruda jodugarlikda ayblangan keksa ayol gulxanda yoqib yuborildi

Obuna bo‘lish
Ushbu mudhish jinoyat hatto telefon aloqasi mavjud bo‘lmagan, "gadoytopmas" joyda joylashgan shahar tipidagi posolkada amalga oshirilgan

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Keksa yoshdagi ayol Peruda hindular yashaydigan qishloq ahli tomonidan yoqib yuborilgan, deb xabar qiladi mahalliy prokuratura ma’lumotlariga tayangan holda RIA Novosti axborot-agentligi.

El Nuevo Dia portali xabariga ko‘ra, qishloqning bir yashovchisi qotillik sodir etilgan jarayonni uyali aloqa telefoni xotirasiga yozib olgan. Hukumatga taqdim etilgan yozuvga ko‘ra, qo‘li bog‘langan ayol xashaklar ustiga joylashtirilgan, so‘ngra uning ustidan benzin quyilgan va gugurt chaqilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu mudhish jinoyat hatto telefon aloqasi mavjud bo‘lmagan, "gadoytopmas" joyda joylashgan shahar tipidagi posolkada amalga oshirilgan. Eng yaqin yirik aholi punktiga qadar masofa esa 10 soatni tashkil qilishi aytilmoqda. 20-sentabrda sodir etilgan jinoyat haqida bugun oshkor bo‘lgani ham shu bilan izohlanadi.

Bir guruh qurollangan politsiyachilar mamlakatning markaziy qismida joylashgan posolkaga oradan bir necha kun o‘tib, yetib borganlar. Voqea joyida kuch xodimlari yoqib yuborilgan ayol tanasi qoldiqlarini aniqlashgan.

Hozirga qadar olingan ma’lumotlarga muvofiq, mahalliy aholi ayol tanasini uch kun davomida yoqishda davom etgan.

73 yashar ayol o‘z hamqishloqlarini og‘ir kasallikka giriftor qilishi mumkinligi tufayli mahalliy xalq bu qadar junbushga kelgani aytilmoqda.

Eng ajablanarlisi, qotillik oldidan mahalliy xalq ayolni o‘zlaricha "sud" qilishgan. Unda posolkaning 40 nafar yashovchisi baxtiqaro ayolni o‘limga mahkum etgan va bu haqda, hatto, mahalliy "voqealar jurnalida" yozib qo‘yishgan.

Yangiliklar lentasi
0