Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rektori o‘zgardi

Obuna bo‘lish
Shu yilning fevralidan rektorlik qila boshlagan O‘tkir Hamdamovning o‘rniga TATUning o‘quv ishlari bo‘yicha rektor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan To‘lqin Teshaboyev tayinlandi

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Bugun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi yangi rektor To‘lqin Teshaboyev bilan tanishtirildi, deb xabar beradi "Novosti Uzbekistana".

Nashrning ma’lum qilishicha, TATUda kadrlar almashinuvi yuz bergan — oliygohning rektori o‘zgargan. Shu yilning fevralidan rektorlik qila boshlagan O‘tkir Hamdamovning o‘rniga TATUning o‘quv ishlari bo‘yicha rektor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan To‘lqin Teshaboyev tayinlangan.

Ta’kidlash joiz, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti O‘zbekistondagi telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlovchi markaz hisoblanadi. Universitetning Farg‘ona, Urganch, Qarshi, Samarqand, Nukus shaharlarida filiallari mavjud. Oliygoh 1955-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa instituti sifatida tashkil etilgan. 2002-yilda universitet maqomini olgan va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti deb nomlana boshlangan.

Universitet saytidagi ma’lumotga qaraganda, universitet va uning filiallarida 10242 nafar talaba tahsil oladi. Oliygoh 26ta xorijiy davlatning 42 universitet, 8 ilmiy-tadqiqot markazi, 12 korxona va tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatgan.

Yangiliklar lentasi
0