Moskvada Made in Uzbekistan brendi namoyish etildi

© JahonO‘zbekiston stendi
O‘zbekiston stendi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya poytaxtida o‘tkazilgan "Tekstilengilsanoat-2016" yarmarkasida O‘zbekistonning 50dan ortiq korxonasi ishtirok etdi

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Moskvada bo‘lib o‘tgan "Tekstilengilsanoat-2016" 47-tekstil sanoati uskunalari va mahsulotlari federal ulgurji yarmarkasida O‘zbekistonning 50dan ortiq korxonalari o‘z mahsulotlarini namoyish etdilar, deb xabar beradi "Jahon" axborot agentligi.

O‘zbekiston maydoni 500 kvadrat metrni tashkil etuvchi yagona milliy stendni o‘rnatdi. Unda 50dan ortiq korxonalar va ularning 100dan ortiq nomdagi mahsulotlari Made in Uzbekistan brendi ostida namoyish etildi, to‘qimachilik sanoatining xomashyo tayyorlashdan boshlab tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan barcha yo‘nalishlari ko‘rsatildi.

"O‘zbekistonda juda sifatli paxta xom ashyosi, tolasi va ipak tayyorlanadi, respublika korxonalari foydalanayotgan zamonaviy texnologiya va uskunalar esa paxtadan tayyorlanadigan matolar assortimentini kengaytirish imkonini berdi. Natijada xorijda, xususan Rossiyada o‘tkazilgan ko‘rgazmada biz raqobatbardosh va bozorda xaridorgir mahsulotlarni ko‘rib turibmiz",- dedi Rossiya sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Viktor Yevtuxov.

U oktabr oyida Rossiya korxonalari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro paxta va tekstil yarmarkasida ishtirok etishlarini ma’lum qildi.

Marg‘ilon atlasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik tadbirkorlar 200 mln dollarlikdan ziyod shartnomalar imzoladilar

Moskvadagi yarmarka davomida X "Rosssiya modasi" — Russian Fashion Award mukofoti tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda "O‘zbekengilsanoat" AJ qoshidagi "Sharq liboslari" dizayn markazi va uning tarkibiga kiruvchi korxonalar o‘zbek dizaynerlarining kiyimlar kolleksiyalarini namoyish etdilar.

Tanlov natijasiga ko‘ra, TM ZUKHRA kompaniyasi "ayollar kiyimlarining pret-a-porte liniyasi" (ayollarning tayyor kiyimlari) nominatsiyasida g‘olib deb topildi, Ozoda Showroom savdo belgisi tomoshabinlar e’tiboriga sazovor bo‘lgani uchun mukofotni qo‘lga kiritdi, kolgan korxonalarga maxsus diplom va sertifikatlar topshirildi.

Yarmarkada 28ta davlatning 2000dan ortiq kompaniyalari vakillari qatnashdi.

Yangiliklar lentasi
0