30 sentabrdan boshlab O‘zbekistonda ob-havo keskin soviydi

© Facebooke / Voditeli TashkentaYomg‘irli ob-havo, Toshkent shahri
Yomg‘irli ob-havo, Toshkent shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning shimoliy regionlarida shu kechayu-kunduzda havo kunduzi 17-22 daraja, kechasi esa 7-12 daraja iliq bo‘ladi

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Sentabr oyi oxiri va oktabr oyi boshlarida O‘zbekistonda ob-havo keskin salqinlashadi, kuchli yomg‘ir yog‘ishi va dovul bo‘lishi ehtimoli bor, deb xabar qilgan Uzgidromet.

30 sentabrdan boshlab 2-oktabrga qadar O‘zbekiston respublikasi viloyatlarida ob-havo keskin pasayadi, kunduzi 20-25, kechasi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

O‘zbekistonning shimoliy regionlarida shu kechayu-kunduzda havo kunduzi 17-22 daraja, kechasi esa 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

29-30-sentabr kunlari 15-20 m/s shamol esadi.30 sentabr kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

28 sentabr kuni esa Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 16-18, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 13-18, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 13-18,  kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.    

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 13-18, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0