TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Interpolning mmilliy markaziy burosi xodimlari Rossiya IIV bosh boshqarmasining Sverdlovsk viloyati bo‘yicha ekstremizmga qarshi kurashish markazi xodimlari bilan birgalikda o‘zbekistonlik ikki fuqaroni qo‘lga olishdi. Ular ota-o‘g‘il bo‘lishib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan. Ularning har ikkisi O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan ekstremistik ko‘rinishdagi jinoyatlarni sodir etishda ayblangan.
Rossiya IIV bosh boshqarmasining Sverdlovsk viloyati bo‘limi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ular Yekaterinburgda politsiya xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari chog‘ida ushlangan.
Ayni paytda qo‘lga olingan ota-o‘g‘il hibsda ushlab turilibdi. Ular ekstraditsiya qilishdan oldingi tekshiruvdan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi huquq-tartibot xodimlarig a topshiriladi.