"Tolibon" qamoqxonasidan 100dan ortiq mahbus ozod qilindi

© AFP 2023 / SHAH MARAIAfg‘on politsiyachilari
Afg‘on politsiyachilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘onistondagi vaziyat keyingi oylarda sezilarli darajada yomonlashdi. Ilgari mamlakatning qishloq tumanlarini egallab turgan "Tolibon" radikal harakati yirik shaharlarga hujum qilishga o‘tdi. Shuningdek mamlakatda "Islom davlati" terrorchilik tashkilotining ta’siri kuchaydi.

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Afg‘oniston maxsus xizmat kuchlari "Tolibon" radikal harakati nazoratidagi qamoqxonadan 100dan ortiq mahbusni ozod qildi, deb xabar beradi RIA Novosti Pajvak agentligiga asosan.

"Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari G‘ilmind viloyatidagi "Tolibon" qamoqxonasidan 101 nafar kishini ozodlikka chiqardi", — deyiladi agentlikning Twitterdagi sahifasida.

Afg‘onistondagi vaziyat keyingi oylarda sezilarli darajada yomonlashdi. Ilgari mamlakatning qishloq tumanlarini egallab turgan "Tolibon" radikal harakati yirik shaharlarga hujum qilishga o‘tdi. Shuningdek mamlakatda "Islom davlati" terrorchilik tashkilotining ta’siri kuchaydi.

BMT Bosh Assambleyasining 23-sentabrdagi majlisida O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov ham o‘z ma’ruzasida Afg‘onistondagi vaziyat hamon xalqaro xavfsizlik va barqarorlikning asosiy bosh og‘rig‘i bo‘lib qolganligini ta’kidladi.

Tojik-afg‘on chegarasida - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘on-tojik chegarasida jangarilar ushlandi

"Afsuski, ushbu mamlakatda to‘planib qolgan qarama-qarshiliklarni hal etish istiqboli ko‘rinmayapti. Afg‘on muammosini faqatgina BMT vasiyligida, hech qanday dastlabki shartlarni ilgari surmasdan, o‘zaro ziddiyat qilayotgan asosiy tomonlar ishtirokida tashkil etiluvchi tinch siyosiy muzokaralar vositasida erishiluvchi milliy kelishuv negizida hal etish mumkin", — dedi O‘zbekiston TIV rahbari.

"Donor mamlakatlar va xalqaro institutlar Afg‘onistonga yordam berish bo‘yicha zimmalariga olgan majburiyatlarini sidqidildan ado etishi juda muhimdir. Mablag‘lar mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash, birinchi navbatda, ta’lim-tarbiya sohasiga jalb etilishi maqsadga muvofiq", — deb qo‘shimcha qildi u.

Yangiliklar lentasi
0