Mirziyoyev Sergeliga yer usti metrosi qurilishini tezlashtirishni buyurdi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishTezurar tramvay
Tezurar tramvay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Sergeli tumaniga tashrif buyurib jamiyat vakillari, shahar rahbariyati va mutaxassislar bilan uchrashdi.

TOShKENT, 26 — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Sergeli tumaniga tashrif buyurib, taaluqli tashkilotlarga yer usti metrosi qurilishini tezlashtirini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Jahon" axborot agentligi.

Tumanga uyushtirilgan tashrif davomida, Shavkat Mirziyoyev uy-joy va ijtimoiy obyektlar  qurilishi hamda kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan tayorgarlik ishlari bilan tanishib chiqdi. Prezident vazifasini bajaruvchi eskirgan binolar o‘rniga yangilarini qurish, ko‘p xonadonli uylarda yashash sharoitlarini yaxshilash hamda kommunal xizmatlar sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor berdi.

Jamoat vakillari, shahar rahbariyati va mutaxassislar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, Sergeli tumanida 2017-2022 yillarda 500ta ko‘p xonadonli uylar qurilishi loyihasida alohida to‘xtalib o‘tdi. Ushbu loyiha 30 ming aholini yangi uy bilan ta’minlash masalasini hal qilishi kerak. Yangi qurilgan uylardagi xonadonlar imtiyozli ipoteka kreditlari asosida aholiga topshirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, poytaxtning barcha tumanlarida yangi bog‘lar qurilishi va yashil hududlar tashkil qilish, yangi transport kommunikatsiya tarmoqlari, madaniy-maishiy obyektlar qurilishi hamda yer usti metro yo‘li qurilishini jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev, belgilangan ushbu loyihalar kelajakda nafaqat Sergeli tumaning, balki Toshkent salohiyatini oshirishini ta’kidladi.

Uchrashuv qatnashchilari, poytaxtda hayot darajasi va sifatini oshirish masalasi doimo diqqat markazida bo‘lishi kerakligini aytib o‘tishdi. Muhokama qilingan barcha masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0