Oliy Majlisning taftish-tergov vakolati kuchga kirdi

O‘zbekiston Senat majlisi
O‘zbekiston Senat majlisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qonunga ko‘ra, Oliy Majlis davlat va jamiyat ahamiyatiga ega bo‘lgan eng muhim voqea va hodisalar yuzasida o‘z taftish-tergov tekshiruvi o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldi.

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Bundan buyon O‘zbekiston Oliy Majlisi o‘z taftish-tergov tekshiruvi o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldi, deb xabar qilmoqda "Novosti Uzbekistana" sahifasi.

24 sentabrda kuchga kirgan qonunga ko‘ra, Oliy Majlis davlat va jamiyat ahamiyatiga ega bo‘lgan eng muhim voqea va hodisalar yuzasidan o‘z taftish-tergov ishlari o‘tkazish huquqiga ega bo‘ldi. Parlament tekshiruvi o‘tkazish uchun Oliy majlisning quyi – Qonunchilik palatasi hamda yuqori palatasi – Senat deputatlaridan iborat  maxsus komissiya tuziladi.

Parlament taftishi o‘tkazish vaqtida komissiya davlat hukumati va boshqaruvi vakillarini, soha mutaxassislari, ekspertlar va olimlarni jalb qilish huquqiga ega. Undan tashqari komissiya davlat organlaridan kerak bo‘lgan ma’lumotlarni talab qilishi hamda fuqaro va mansabdor shaxslarni tergov va izoh berish uchun  chaqirish huquqiga ega bo‘ladi.

Komissiya belgilangan muddatda Oliy Majlisga bajarilgan ishlar yuzasidan bayonot beradi.

Yangiliklar lentasi
0