TOShKENT, 26 sen — Sputnik. O‘zbekistonda g‘o‘zapoyadan zamonaviy qurilish materiali — DSP ishlab chiqarishga ixtisolashgan uch korxona paydo bo‘ladi, deyilgan Hukumat yangi qarorida.
Ushbu loyiha haqidagi shartnoma O‘zbekistonga XXR raisi Si Szinpin tashrifi vaqtida imzolangan edi.
DSP — drevesnostrujechnaya plita, ya’ni yog‘och-paraxa plitalar ishlab chiqarish Jizzax viloyatidagi "Jizzax qurilish ziynati" korxonasida hamda Surxondaryo viloyatidagi "Termiz-ta’minot" korxonasida yiliga 10 ming metr kub hajmda, Toshkent viloyatidagi Seowon Kiup korxonasida esa yiliga— 30 ming kub metr hajmda ishlab chiqariladi.
2017 yil oxirida ishga tushirilishi rejalashtirilgan ushbu loyihalarning umumiy qiymati 7,3 mln dollarni tashkil qiladi. Sarmoyalar kompaniya xususiy mablag‘lari, chet ellik sarmoyadaorlar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Yangi korxonalar hisobdan 145 ishchi o‘rni yaratiladi.
Korxonalarga kerak bo‘ldigan xom-ashyoni uzuluksiz yetkizib berish tizimini tashkil qilish Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermerlar Kengashi hamda Jizzax, Surxondaryo va Toshkent viloyati hokimiyatlari zimmasiga yuklangan.