TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Bugun Ozarbayjonda mamlakat Konstitutsiyasiga kiritiladigan o‘zgarishlar va qo‘shimchalar haqida referendum bo‘lib o‘tmoqda.
Referendumda fuqarolar oldiga qo‘yiladigan asosiy savollar prezident vakolati muddatini 5-yildan 7-yilga uzaytirish, Ozarbayjonga vitse-prezidentlar kerakmi yoki yo‘q, hamda prezidenti va parlament deputatligiga nomzodlarga nisbatan yosh cheklovini bekor qilish haqida.
Ushbu referendumda mamlakat Konstitutsiyaning 23 moddasiga o‘zgartirish kiritish hamda Konstitutsiyaga 6ta qo‘shimcha modda kiritish rejalashtirilgan. O‘zgarishlar asosan hukumat organlari tarkibi va ularga beriladigan vakolatlarga taaluqli.
Ekspertlar fikriga ko‘ra, shunday yo‘l bilan Ozarbayjon prezidenti Ilxam Aliyev prezident vakolatini kuchaytirib islohotlar samaradorlgini oshiradi.
Ozarbayjon saylov qonunlariga ko‘ra, referendum qonuniy kuchga ega bo‘lishi uchun unda kamida saylovchilarning kamida 25% qatnashishi kerak. Referendumda qo‘yilgan savollar, 50% dan ko‘p ovoz olgan holda qabul qilinadi.
Ozarbayjonda bugun amal qilayotgan Konstitutsiya 1995-yilning 12-noyabrida qabul qilingan bo‘lib. U 158 moddadan tashkil topgan. 2009 yilda bo‘lib o‘tgan referendumda Konstitutsiyaga 41 ta o‘zgarish kiritilgan edi. Ularning asosiysi — bir kishi prezidentlikka ikka martadan ortiq saylanmasligi haqida.
Bugungi referendum Ozarbayjon tarixida o‘tkazilayotgan uchinchi referendum bo‘ladi.