TOShKENT, 26 sen – Sputnik. BMT Bosh Assambleyasi 71 sessiyasining doirasida 22-sentabr kuni besh O‘rta Osiyo mamlakatlari TIV rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
“Tashqi ishlar vazirlari O‘rta Osiyo hududida xavfsizlik va barqarorlikka qarshi chiqayotgan kuchlarga, jumladan terrorchilik va diniy ekstremizmga, narkotik moddalarning noqonuniy oborotiga, uyushgan jinoyatchilikka, chegara xavfsizligi hamda O‘rta Osiyoni yadro qurolidan xoli zona deb e’lon qilishda yakdillik va astoyidil kurashga tayorlik namoyon qilishdi”, — deyilgan vazirlik xabarida.
Shuningdek uchrashuv qatnashchilari siyosat, xavfsizlik, iqtisod, ta’lim va ilm-fan sohalarida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishga chuqur istak bildirishdi.
Tomonlar shuningdek Toshkentda 18-19 oktabrda bo‘lib o‘tilishi kutilayotgan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43 sessiyasiga tayorgarlik masalalarini ham muhokama qilishdi.