TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Iroq g‘arbida, hukumat qo‘shnlari yaqinda tinch hayotni davom ettirish maqsadida qaytib kelgan Xit shahri aholisini “Islom davlati” terrorchilar guruhi hujumidan himoya qilishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Al Sumaria telekanali xabariga asosan.
“ID Xit shahriga hujum qildi. Ular shaharni raketa va minalar bilan o‘qqa tutdi. Koalitsiya va milliy aviatsiya samolyotlari, Iroq harbiylari va artilleriyasi yordamida hujumni qaytarishga muvaffaq bo‘ldik. 40 terrorchi jangari yo‘q qilindi”, — dedi telekanalga mayor Qosim al-Muhammadi.
Eslatib o‘tamiz, Xit shahri Iroqning Anbar viloyati hududida bo‘lib 2014-yilda terrorchilar qo‘liga o‘tgan edi. 2016-yilning aprel oyida hukumat qo‘shnlari shahardan terrorchilarni siqib chiqarishganidan keyin, 60 ming iroqlik oilalar tinch hayotni davom ettirish maqsadida, viloyat hududiga qaytib kelishdi. Ushbu oilalardan 7190 tasi Xit shahrida yashab kelmoqda.
Xit shahri meri ham shaharda vaziyat hukumat qo‘lida ekanligini tasdiqladi.