TOShKENT, 24 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi va O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev shanba kuni Buxoro viloyatiga qilgan tashrifi davomida, “Lukoyl” rahbari Vagit Alekperov bilan O‘zbekiston neft va gaz sohasidagi hamkorlik istibollarini muhokama qildi, deb xabar qildi “O‘zbekiston” telekanali.
“Shavkat Mirziyoyev Vagit Alekperov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida, O‘zbekiston neft va gaz sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi, hamda Qandim gazni qayta ishlash zavodi qurilish sur’atidan qoniqayotganini bildirdi”, — deyilgan telekanal xabarida.
Lukoyl O‘zbekistonda uch yirik loyihani amalga oshirmoqda: Qandim-Hauzak-Shodi loyihasi, Hissor tog‘ining janubi-g‘arbidagi konlar va xalqaro konsorsium tarkibida Orol dengizining O‘zbekiston hududidagi qismida geolgik razvedka ishlari loyihasi.
Birinchi ikki loyiha doirasida “Lukoyl” 2020-yilga qadar 18 mlrd kubometr gaz ishlab chiqishni va sarmoyalar hajmini 8 mlrd dollarga yetkizishni rejalashtirgan.
“Alekperov, “Lukoyl” O‘zbekiston neft va gaz sanoatidagi sarmoya loyihalari doirasidagi o‘zining barcha majburiyatlarini keng ko‘lamda va o‘z vaqtida amalga oshirishini ta’kidladi”, — deyilgan xabarda.
Ushbu yilning aprel oyida Qandim guruhi konlari loyihasi doirasida “Lukoyil” quvvati 8,1 millard kubometr bo‘lgan gazni qayta ishlash zavodi qurilishini boshladi. Zavodning birinichi navbati 2018-yilda ishga tushirilshi rejalashtirilgan. Ushbu loyihaga kiritiladigan sarmoyalar hajmi 3,3 mlrd dollarni tashkil qiladi.