O‘zbekistonlik golkiper KXDRga o‘z darvozasidan turib gol urdi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishFutbol
Futbol - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Darvozabon o‘zining jarima maydoni tomon sakrab borayotgan koptokni tutib olishga urinib, hatto bu urinishda yiqilib tushdi, koptok esa tomoshabinlarning shodon hayqirig‘i ostida darvozaga uchib kirdi.

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Internet tarmoqlarida O‘zbekiston o‘smirlari terma jamoasi darvozaboni tomonidan KXDR terma jamoasi darvozasiga urilgan gol tasviri tushirilgan kulgili video keng tarqaldi, deb xabar qilmoqda "Novosti Uzbekistana" xabari asosida.

Kadrlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston o‘smirlari terma jamoasi darvozaboni Jasur Umrzoqov o‘z darvozasi oldida to‘pga egalik qilish uchun kurashgan, va buning natijasi o‘laroq, to‘p, deyarli butun maydon uzra uchib o‘tib, o‘z darvozasidan ancha olislab ketgan shimoliy koreyalik darvozabonning yelkasidan oshib o‘tib, yerga tushgan.

Darvozabon o‘zining jarima maydoni tomon sakrab borayotgan koptokni tutib olishga uringan, hatto bu urinishda yiqilib tushgan, koptok esa tomoshabinlarning shodon hayqirig‘i ostida darvozaga uchib kirgan.

O‘zbek tarma jamoasi 3:1 natija bilan g‘alaba qozondilar.

Shunday qilib, o‘zbekistonlik o‘smirlar Osiyo Chempionati doirasida D guruhida birinchi o‘rinni egalladilar va chorak finalga yo‘llanma oldilar. Chorak finalda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Iroq terma jamoasi bilan bahslashadi.

Yangiliklar lentasi
0