Moskvada o‘z vatandoshlarini talon-taroj qilgan 4 nafar qirg‘izistonlik qo‘lga olindi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishJinoyatchilarni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus tezkor guruh otradi operatsiyasi
Jinoyatchilarni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus tezkor guruh otradi operatsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uyushgan jinoiy guruh a’zolari "xalq g‘aznasi" uchun pul talab qilishgan.

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Moskvada o‘z vatandoshlarini talon-taroj qilish bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruh a’zolari, to‘rt nafar qirg‘izistonlik hibsga olindi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston respublika IIV matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Joriy yilning sentabr oyi boshlarida Rossiyadagi Qirg‘iziston Respublikasi IIV vakolatxonasiga Qirg‘iziston fuqarosi murojaat qilib, 31-avgust kuni notanish kimsalar unga to‘pponcha bilan tahdid qilgan holda o‘rmonzorga olib borishgani haqida aytgan.

"Jinoyatchilar yigitni do‘pposlab, to‘rt kun ichida "xalq g‘aznasini to‘ldirish uchun" 200 ming rubl olib kelishini uqdirishgan. Talonchilar uning 18 ming rubl pulini, soatini, pasportini va mehnat shartnomasini tortib olganlar. Hujum qilganlar o‘zlarini "qonundagi o‘g‘ri" — Qamchi Ko‘lbayev jinoiy guruhi a’zolari sifatida tanishtirishgan", — deyilgan IIV xabarida.

O‘tkazilgan tezkor operatsiya natijasida, 20-sentabr kuni Qirg‘izistonning to‘rt nafar fuqarosi qo‘lga olingan. Maxsus tezkor guruh ma’lumotlariga ko‘ra, ular uyushgan jinoiy guruh a’zolari hisoblanadi.

Hibsga olinganlarning yonidan jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan narsalar topilgan. Bugungi kunda gumonlanuvchilarning barchasi shunga o‘xshash jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda, deb qo‘shimcha qilingan IIV xabarida.

Yangiliklar lentasi
0