TOShKENT, 23 sen – Sputnik. "O‘zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Iskandar Basidov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Kompaniya rasmiy saytida Basidov haqidagi ma’lumotlar olib tashlangan.
Ayni vaqtda rasmiy saytning rahbariyat bo‘limida faqatgina boshqaruv raisining o‘rinbosarlari ism-shariflari qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, Basidov «O‘zbekenergo»ni 2012-yilning dekabridan buyon boshqarib kelayotgandi.