TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekiston chegara vakillari qirg‘izistonlik hamkasblariga mamlakat havo hududi chegarasini vertolotda kesib o‘tishga ruxsat berish iltimosi bilan murojaat etdilar, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.
O‘zbekiston tomon, vertolot yordamida Qirg‘izistonning Sox tumanidan O‘zbekiston hududiga yo‘l-transport hodisasida jabrlangan harbiysini olib o‘tishini ma’lum qilgan. Harbiyning ahvoli o‘ta og‘ir deb baholangan, deyiladi xabarda.
Qirg‘iziston tomon Qirg‘iziston havo hududi ustidan oldindan kelishib olingan marshrut bo‘yicha uchib o‘tishga ruxsat berish qarorini qabul qilgan.