TOShKENT, 23 sen — Sputnik. 2015-yil san’at sohasiga hissa qo‘shganlarni taqdirlash tadbiri Vashingtondagi Oq Uyda bo‘lib o‘tdi, deya xabar bergan RIA Novosti.
Obama rejissorning bo‘yniga medalni taqib qo‘ygach, Bruks go‘yoki uning shimini yechib olishga shaylangandek harakat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Mel Bruks — amerikalik mashhur kinorejissor, produser va aktor. U o‘zining kinoparodiyalari va film-farslari orqali yulduzlik shohsupasiga ko‘tarilgan. 1999-yilda o‘zining ilk rejissorlik ishi — "Produserlar" filmi ssenariysi uchun "Oskar" mukofotiga loyiq topilgan. Bruksning eng mashhur kartinalari orasida "Yosh Frankenshteyn", "Fazoviy tuxumlar" ("Kosmicheskie yaysa"); "Robin Gud: triko kiygan erkaklar"ni sanab o‘tish mumkin.