TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev topshirig‘iga binoan mamlakat bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin boshchiligidagi Qozog‘iston delegatsiyasi ishchi tashrif bilan O‘zbekiston poytaxtiga tashrif buyurdi. Bu haqda Qozog‘iston hukumati saytida xabar qilingan.
"Asqar Mamin Toshkentda O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazishi, shuningdek, O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov va bosh vazir o‘rinbosari Ulug‘bek Rozukulov bilan uchrashishi kutilmoqda", — deyiladi xabar matnida.
"Tomonlar ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlar holati, sanoat, transport-tranzit sohalarida hamkorlik masalalarini muhokama etishi ko‘zda tutilgan", — deb qo‘shimcha qilingan hukumat xabarida.