Buxoro viloyatining sobiq hokimi rahbarlik kursisiga qaytdi

Obuna bo‘lish
U 2011-yil dekabrda O‘zbekistonning birinchi Prezidenti tomonidan lavozimidan ozod qilinganidan so‘ng mahalliy gazetalarda uning ismi tilga olinmay kelayotgandi.

TOShKENT, 22 sen – Sputnik. Buxoro viloyatining sobiq hokimi Samoydin Huseynovning ismi u O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining Buxoro viloyati kengashiga rais etib saylanganidan so‘ng matbuotda yana paydo bo‘ldi, deb xabar beradi nuz.uz

U 2011-yil dekabrda O‘zbekistonning birinchi Prezidenti tomonidan lavozimidan ozod qilinganidan so‘ng mahalliy gazetalarda uning ismi tilga olinmay kelayotgandi.

Samoydin Huseynovni O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining Buxoro viloyati kengashiga rais etib saylash qarori viloyat tashkilotining kengaytirilgan yig‘ilishida qabul qilingan. U uzoq yillardan buyon ushbu lavozimda ish yuritib kelgan Yusuf Qurbonovning o‘rniga saylangan.

Mahalliy OAVning ma’lum qilishicha, bir necha yildan keyin sakson yoshni qarshilaydigan Qurbonov “boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan” lavozimidan ozod qilingan.

Samoydin Huseynov viloyat hokimi lavozimida 1996-yildan 2011-yilga qadar faoliyat olib borgan. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning qarori bilan lavozimidan ozod qilingach, uning o‘rniga Muhiddin Esonov viloyat hokimi etib tayinlangandi.

Yangiliklar lentasi
0