Eksport qilishda eng qimmat bo‘lgan mevalar narxi yangilandi

Obuna bo‘lish
Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi 20-sentabrda O‘zbekistonda yetishtirilgan 54 xil meva va sabzavotlar, quruq mevalarning eksport narxini yangiladi.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik.  Eksport qilinadigan eng qimmat oziq-ovqatlar ro‘yxatidan quritilgan mevalar o‘rin oldi. Sabzavotlar esa – eng arzon eksport mahsulotlari bo‘ldi, nuz.uz xabari asosida. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, quritilgan olxo‘ri narxi tonnasiga 1460 —1898 $, turshak – 1175 – 1528 $, sariq mayiz 1475 — 1918 $ni tashkil qilgan.

Qayta ishlangan va po‘stloq va danakdan tozalangan mahsulotlar narxi balandroq. Tozalangan bodom eksport narxi sifatiga qarab 7050 - 9000 $ni, yong‘oq mag‘zi esa 4900 — 5400 dollarni tashkil qildi.

Eksport qilinadigan oziq-ovqatlar orasida eng arzon mahsulotlar karam va lavlagi ekan. Ularning o‘rtacha narxi tonnasiga 40–55 $ dan belgilangan.

Barcha narxlar 20-sentabr holatiga, dunyo bozorlaridagi narxlarni hisobga olgan holda, FCA shartiga ko‘ra, ya’ni xaridorgacha yetkizib berish sotuvchi hisobidan, ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston bilan qo‘shni bo‘lgan mamlakatlar uchun, yuqorida ko‘rsatilgan mevalar narxi 5-6% ga qimmatroq belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0