Leica o‘zining eng arzon fotoapparatini taqdim etdi

Obuna bo‘lish
Leica Sofort nomli kamera "Fujifilm"ning mashhur bir lahzali Instax foto qog‘oziga suratga tushiradi.

Leica Sofort bugungi kunda kompaniya mahsulotlari orasida eng arzoni bo‘lib, tushirilgan suratlarni bir lahzada Fujifilm Instax qog‘ozida chiqarib beradi.

Leica Sofort rasmga tushirilayotgan sahnani kuzatish uchun maxsus tuynuk (vidoiskatel) bilan jihozlangan. Kamerada avtomatik, sport, makro va boshqa suratga olish rejimlari bor. Undan tashqari selfi tushirishni yaxshi ko‘radigan foydalanuvchilar uchun avtoportret rejimi va kamera old qismida ko‘zgu o‘rnatilgan.

Yangi kamera Kolndagi ko‘rgazmada taqdim qilindi. Leica Sofort  uch xil rangda ishlab chiqariladi: mallarang, oq va havorang. Tashqi ko‘rinishidan Leica Sofort Fujifilm tomonidan ishlab chiqarilayotgan Instax Mini kamerasiga o‘xshab ketadi.

Yangiliklar lentasi
0