O‘zbekistondagi yirik sement zavodlaridan biri bosh direktor lavozimiga tanlov e’lon qildi

© Sputnik / Yevgeniy Kozirev / Mediabankka o‘tishSement zavodi
Sement zavodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jamiyat bosh direktori lavozimiga da’vogarlar uchun talablar o‘zbek, rus va ingliz tillarida ilova qilingan.

TOShKENT, 21 sen – Sputnik. O‘zbekistondagi eng yirik sement zavodlaridan bo‘lgan “Qizilqumsement” AJ bosh direktor lavozimiga tanlov e’lon qildi, deb xabar beradi “Novosti Uzbekistana” jamiyat saytidagi xabarga asoslanib.

Xabarga jamiyat bosh direktori lavozimiga da’vogarlar uchun talablar o‘zbek, rus va ingliz tillarida ilova qilingan. Ilovada bildirilishicha, da’vogar oliy kasbiy ta’lim darajasiga ega bo‘lishi, rahbar lavozimlarda kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim. Nomzodning xorijiy tillarni bilishi, korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari sohasida sertifikati mavjudligi qo‘llab-quvvatlanadi.

Nomzod qurilish materiallari ishlab chiqarish, iqtisodiyot, menejment va marketing sohalarida bilimlarga, korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tahlilini amalga oshirish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.

Nomzodlar tomonidan hujjatlarni topshirish muddati 2016-yilning 20-oktabri soat 18.00 ga qadar etib belgilangan.

“Qizilqumsement” AJning to‘liq loyiha quvvati  3 mln 80 ming tonna sement ishlab chiqarish hisoblanib, bu yerda o‘ndan ortiq turdagi qurilish mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Yangiliklar lentasi
0