TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligida 163 mingdan ziyod o‘rinlar qisqarishi sodir bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Vladimir Putin farmonida aytilgan,deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Bunga qadar Rossiya federatsiyasi Ichki ishlar organlari shtati soni 1 067 876 nafar etib belgilangan bo‘lsa, yangi hujjatda ular soni 904 871 nafar etib belgilanishi haqida aytilgan.
Shuningdek, Putin o‘zining yangi farmonida IIV markaziy apparati sonini ham 7475 nafardan 6714 nafarga qisqartirdi.
Bundan tashqari Ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimi ham bekor qilindi.
Yangi farmon 2016-yilning 1-oktabridan boshlab kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin aprel oyida FMX (FMS) tashkilotini yo‘q qilib, uning vakolatlarini IIVga o‘tkazgan hamda IIV maxsus bo‘linmalari hamda ichki qo‘shinlar bazasida yangi kuch ishlatish tuzilmasi — Rossiya milliy gvardiyasini tashkil qilgan edi.