TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Amerikalik akter, “Oskar” va “Oltin globus” sovrinlari sohibi Nikolas Keyj Rus baletini va adabiyotini yaxshi ko‘rishini aytib o‘tdi. Moskvaga “Kreyser” filmini taqdim qilish uchun kelgan akter “Rossiya segodnya” XAAda matbuot anjumanida qatnashdi.
“Men rus baletiga maftun bo‘lganman, sizlarning ajoyib adabiyotingizni ham yaxshi ko‘raman. Menga Dostoyevskiy juda yoqadi, lekin uni ingliz tilida o‘qiyotganimni tushunaman. Dostoyevskiyni o‘z ona tilida (rus tilida) o‘qishni, uning so‘zlari nafosatidan bahra olishni istar edim”, — dedi Keyj matbuot anjumanida.
Gollivudning mashhur akteri rus rejisserlari Andrey Zvaginsevning “Leviafan” filmi, Aleksey German-starshiyning “Xudo bo‘lish qiyin” va Andrey Tarkovskiyning “Solyaris” filmlari unda juda katta taassurot qoldirganini aytib o‘tdi.
Keyj Rossiya poytaxtiga Mario Van Piblzning “Kreyser” filmini taqdim qilish uchun kelgan. 1945-yilgi yapon-amerika urushi voqealari haqida suratga olingan filmda Nikolas Keyj bosh rolni o‘ynagan.
Matbuot anjumanidan keyin Oskar sohibi Qizil maydon va Vasiliy Blajenniy soboriga tashrif buyurish niyati borligini aytib o‘tdi.