Toshkent-Qarshi yo‘nalishidagi tezurar poyezdlarning ko‘plab reyslari bekor qilindi

© Michał Huniewicz"Afrosiyob" elektropoyezdi
Afrosiyob elektropoyezdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarda poyezdlar qatnovi texnik sabablarga ko‘ra bekor qilinishi bildirilgan.

TOShKENT, 20 sen – Sputnik. “Toshkent-Qarshi-Toshkent” yo‘nalishida qatnovchi “Nasaf” tezurar poyezdi va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdining sentabr-noyabr oylaridagi qator reyslari bekor qilindi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning saytida xabar qilinmoqda.

“Toshkent-Qarshi-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi 8/7 sonli «Nasaf» tezurar poyezdi,  “Toshkent-Qarshi-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanuvchi 760/759 sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdining qatnovi 20,21,22,27,28,29 sentabr, 4,5,6,17,18,19,20,24,25,26,27,31 oktabr va 1,2,3 noyabr kunlarida vaqtincha bekor qilinadi”, deyiladi saytda chop etilgan xabarda.

Xabarda poyezdlar qatnovi texnik sabablarga ko‘ra bekor qilinishi bildirilgan.

Yangiliklar lentasi
0