O‘zbekiston termasi Eron va Xitoyga qarshi oktabrda maydonga tushadi

© Federatsiya futbola UzbekistanaFutbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
JCh-2018 saralash o‘yinlari uchinchi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi Eron va Xitoyga qarshi 6 va 11-oktabrda maydonga tushadi.

TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Futbol bo‘yicha 2018-yilgi Jahon Chempionati doirasida o‘tkazilayotgan saralash o‘yinlarining navbatdagi bosqichi Toshkentda bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi.

“A” guruhi doirasida bo‘lib o‘tadigan ushbu o‘yinlarning ikkalasi ham Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Birincha bahsda O‘zbekiston termasi Eronga qarshi  6 oktabr kuni soat 18:00 da  “Bunyodkor” stadioniga chiqadi.

Ikkinchi o‘yin esa 11-oktabr kuni Xitoy jamoasiga qarshi o‘tkaziladi. Ushbu o‘yin ham “Bunyodkor” stadionida soat 18:00 da boshlanadi.

O‘zbekiston Futbol federatsiyasi xabariga ko‘ra,  milliy jamoa ayni damda 6 ochko bilan “A” guruhda eng oldingi o‘rinni egallab turibdi. 

 

Yangiliklar lentasi
0