TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Tez orada Toshkentda yana bir bunyodkorlik ishlari boshlanadi – Yunusobod tumanini Mirzo Ulug‘bek tumani bilan bog‘lovchi yangi yo‘l quriladi, deb xabar beradi "Novosti Uzbekistana".
Nashrning ma’lum qilishicha, olti qatorli avtoyo‘l Yangi shahar ko‘chasidan mahalla orqali Kabel zavodiga qadar bo‘ladi. Yangi avtomagistral qurilishi sababli bir nechta turarjoy va noturarjoy binolari buzilishga tushgan.
Yangi yo‘l kelasi yilning bahorida ochiladi. Magistral bo‘ylab qatnov boshlanishi Navro‘z bayramiga mo‘ljallangan.