TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Egey sohilidagi kasalxonalardan biriga yotqizildi, deb xabar tarqatdi Sozcu gazetasi, RIA Novostiga asosan.
Manbalarning xabar qilishicha, u batafsil tibbiy tekshiruvdan o‘tadi va bir oz muddat shifokorlar nazoratida bo‘ladi.
Bir oz avval esa Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev qisqa muddatli ta’tilga chiqdi, deb xabar bergandi Sputnik Qirg‘iziston davlat rahbarining matbuot xizmatiga tayanib.
Qirg‘iziston prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasida ishtirok etish uchun AQShga yo‘l olgandi. Turkiyadagi Otaturk aeroportida prezident o‘zini yomon his qildi va ko‘kragidagi og‘riqdan shikoyat qildi.
“Tibbiy tekshiruvdan o‘tishi munosabati bilan prezident Almazbek Atambayev 2016-yil 20-sentabrdan boshlab qisqa muddatli ta’til oldi. Ta’til 1-oktabrga qadar davom etishi mumkin”, — deb xabar bergandi prezident matbuot xizmati.
Biroq Haberler portalining manbalari ma’lum qilishicha, Atambayev kasalxonaga yotqizilmagan va Chashma shahridagi Sheraton mehmonxonasiga joylashgan.